Yangiliklar
25-mar, 2026
SQB Insurance Ahbor-Reyting agentligi tomonidan uzA++ eng yuqori to‘lov qobiliyati reytingiga sazovor bo‘ldi
2025-yilda SQB Insurance mijozlariga 91,38 mlrd so‘m sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 54,25 mlrd so‘mga nisbatan 68 foizga ko‘pdir. Kompaniyaning sug‘urta zaxiralari bir yil davomida 18 foizga oshib, 301,68 mlrd so‘mdan 356,07 mlrd so‘mga yetdi. Bu esa kompaniyaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga yuqori darajada tayyor ekanligini tasdiqlaydi. SQB Insurance mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirdi: 2025-yilda tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 33 foizga oshib, 212 832 taga yetdi. Yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi ham barqaror o‘sishni namoyon etib, 15 foizga ko‘paydi — 218,27 mlrd so‘mdan 252,35 mlrd so‘mga yetdi. Kompaniya sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha yuqori natijalarni saqlab qolmoqda. 2025-yilda sug‘urta hodisasi bo‘yicha murojaat qilgan SQB Insurance polis egalarning 99,45 foizi sug‘urta to‘lovlarini oldi. Ushbu ko‘rsatkich bozorning o‘rtacha darajasidan sezilarli darajada yuqoridir.
Batafsil
12-may, 2026
“SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi Afro-Osiyo sug‘urta va qayta sug‘urta qiluvchilar federatsiyasi (FAIR) a’zoligiga rasman qabul qilindi
Ushbu muhim qadam kompaniyaning xalqaro hamkorlikdagi o‘rnini yanada mustahkamlab, Afro-Osiyo mintaqasidagi sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlari bilan aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Batafsil
10-fev, 2026
SQB Insurance yangi Telegram-botini ishga tushirdi!
Endilikda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish, shartlar bilan tanishish, savollarga javob olish va kerakli ma’lumotlarni topish uchun ofisga borish shart emas. Barcha xizmatlar bir necha daqiqa ichida Telegram orqali amalga oshiriladi. Bot imkoniyatlari: Sug‘urta polislarini onlayn rasmiylashtirish; Sug‘urta shartlari haqida ma’lumot olish; AI yordamchi orqali tezkor javoblar; Kompaniya filiallari va aloqa ma’lumotlarini topish; Muhim eslatmalar va yangiliklardan xabardor bo‘lish. SQB Insurance bilan sug‘urta endi yanada oson, tez va qulay! Telegram-bot: @sqbi_bot
Batafsil
5-iyn, 2026
SQB Insurance ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlandi
"SQB Insurance" sug‘urta kompaniyasi sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiqlik auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi. Mazkur sertifikat kompaniyada mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, boshqaruv tizimi va ichki nazorat mexanizmlari xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilganini tasdiqlaydi. ISO 9001:2015 standarti sifat menejmenti sohasidagi eng nufuzli xalqaro standartlardan biri bo‘lib, mijozlar ehtiyojlarini qondirish, xizmatlar sifatini muntazam takomillashtirish va biznes jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu natija SQB Insurance’ning yuqori sifat standartlariga sodiqligi, mijozlar ishonchini mustahkamlash va xizmatlar sifatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadami hisoblanadi. Kompaniya kelgusida ham zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish va mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etishni davom ettiradi.
Batafsil
27-noy, 2025
2026-yildan boshlab Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi yangi tartibi kuchga kiradi. Haydovchilar bilishi kerak bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar
Yangi qoidalar 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Asosiy o‘zgarishlar: Sug’urta summasi miqdori 80 million so‘mga (avval - 40 mln so‘m) oshiriladi. Ushbu summa jabrlanuvchiga uning hayoti, sog’ligi va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini qoplashga qaratiladi. Sug’urta mukofoti miqdori engil avtomobillar uchun: 📌Toshkent shahri va Toshkent viloyatida: — 192 000 so‘mdan boshlab 📌Boshqa hududlarda: — 160 000 so‘mdan boshlab. Sug‘urta sohasida qo‘shimcha yangiliklar 2026-yil aprel oyidan yagona sug‘urta billing tizimi ishga tushiriladi. U quyidagilarni ta’minlaydi: -Barcha sug‘urta mukofotlari uchun toʻlovlarni markazlashgan tarzda hisobga olish; -Sug‘urta kompaniyalari va davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini joriy etish; Bu esa jarayonlarning shaffofligini oshiradi va xatoliklarning oldini oladi. Bu o‘zgarishlar har bir haydovchi uchun muhim. Yangiliklardan xabardor bo‘lib boring. SQB Insurance haydovchilarga tezkor, ishonchli va shaffof xizmatlar orqali sug’urta himoyasini taqdim etishga tayyor. Majburiy sug‘urta polisini o’z vaqtida rasmiylashtirishini unutmang!
Batafsil