Ahbor-Reyting milliy reyting agentligi tomonidan SQB Insurance kompaniyasiga to‘lov qobiliyati bo‘yicha “Barqaror” prognozi bilan uzA++ reytingi berildi. Moliyaviy barqarorlikning mazkur eng yuqori bahosi kompaniyaning sug‘urta bozoridagi ishonchliligi va barqarorligini yana bir bor tasdiqlaydi.
2025-yilda SQB Insurance mijozlariga 91,38 mlrd so‘m sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 54,25 mlrd so‘mga nisbatan 68 foizga ko‘pdir.
Kompaniyaning sug‘urta zaxiralari bir yil davomida 18 foizga oshib, 301,68 mlrd so‘mdan 356,07 mlrd so‘mga yetdi. Bu esa kompaniyaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga yuqori darajada tayyor ekanligini tasdiqlaydi.
SQB Insurance mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirdi: 2025-yilda tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 33 foizga oshib, 212 832 taga yetdi. Yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi ham barqaror o‘sishni namoyon etib, 15 foizga ko‘paydi — 218,27 mlrd so‘mdan 252,35 mlrd so‘mga yetdi.
Kompaniya sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha yuqori natijalarni saqlab qolmoqda. 2025-yilda sug‘urta hodisasi bo‘yicha murojaat qilgan SQB Insurance polis egalarning 99,45 foizi sug‘urta to‘lovlarini oldi. Ushbu ko‘rsatkich bozorning o‘rtacha darajasidan sezilarli darajada yuqoridir.