Kompaniya tarixi
Tashkil etilgan sana:
2018 yil 28 noyabr
Tashkilot nomini o‘zgartirish
2022 yil 4 fevral kuni «PSB Insurance» MCHJ Sug‘urta Kompaniyasi rasman ««SQB Insurance» SK» AJ deb qayta nomlandi. Mazkur o‘zgarish aksiyador bankning nomi yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lib, kompaniya o‘z faoliyatini yangi brend ostida davom ettirmoqda.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 04 Fevral berilgan SF 00027-sonli litsenziya.
Faoliyatlar
Litsenziyaga muvofiq kompaniya umumiy sug‘urta sohasining 17 ta klassi doirasida ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini amalga oshiradi hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega.
Ustav kapitali
Jamiyatning ustav kapitali 85 milliard so‘mni tashkil etadi.
Kompaniya ta’sischisi
Ustav kapitalining 100 foiz ulushiga egalik qiluvchi ta’sischi — «O‘zsanoatqurilishbank» ATB
Kompaniya haqida
««SQB Insurance» SK» AJ yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli sug‘urta va qayta sug'urta xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya o‘z faoliyatida xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan tarif siyosatini qo‘llaydi hamda mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni kafolatlaydi.
Kompaniyada shakllantirilgan sug‘urta zaxiralari va samarali qayta sug‘urtalash tizimi yuqori moliyaviy barqarorlikni hamda sug‘urta obyektlarining ishonchli himoyasini ta’minlaydi.
Filiallar tarmog‘i
Kompaniya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 14 ta filial orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
MANZILIMIZ:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uy.
Tel: + (71) 202 55 05
Elektron pochta: info@sqbinsurance.uz