“SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.
"SQB Insurance" sug‘urta kompaniyasi sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiqlik auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Mazkur sertifikat kompaniyada mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, boshqaruv tizimi va ichki nazorat mexanizmlari xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilganini tasdiqlaydi.
ISO 9001:2015 standarti sifat menejmenti sohasidagi eng nufuzli xalqaro standartlardan biri bo‘lib, mijozlar ehtiyojlarini qondirish, xizmatlar sifatini muntazam takomillashtirish va biznes jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ushbu natija SQB Insurance’ning yuqori sifat standartlariga sodiqligi, mijozlar ishonchini mustahkamlash va xizmatlar sifatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadami hisoblanadi.
Kompaniya kelgusida ham zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish va mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etishni davom ettiradi.