23.07.2025yil kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 458-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (OSAGO) bo‘yicha yangilangan tartiblar belgilandi.

Yangi qoidalar 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. 
Asosiy o‘zgarishlar: Sug’urta summasi miqdori 80 million so‘mga (avval - 40 mln so‘m) oshiriladi. Ushbu summa jabrlanuvchiga uning hayoti, sog’ligi va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini qoplashga qaratiladi.


Sug’urta mukofoti miqdori engil avtomobillar uchun:

📌Toshkent shahri va Toshkent viloyatida: — 192 000 so‘mdan boshlab

📌Boshqa hududlarda: — 160 000 so‘mdan boshlab.           
                   


Sug‘urta sohasida qo‘shimcha yangiliklar                                         

2026-yil aprel oyidan yagona sug‘urta billing tizimi ishga tushiriladi. U quyidagilarni ta’minlaydi:

-Barcha sug‘urta mukofotlari uchun toʻlovlarni markazlashgan tarzda hisobga olish;

-Sug‘urta kompaniyalari va davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini joriy etish;

Bu esa jarayonlarning shaffofligini oshiradi va xatoliklarning oldini oladi.

Bu o‘zgarishlar har bir haydovchi uchun muhim. Yangiliklardan xabardor bo‘lib boring.
SQB Insurance haydovchilarga tezkor, ishonchli va shaffof xizmatlar orqali sug’urta himoyasini taqdim etishga tayyor.
Majburiy sug‘urta polisini o’z vaqtida rasmiylashtirishini unutmang!