MHXS (IFRS) 17 talablari asosida sug‘urta zaxiralari bo‘yicha texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

««SQB Insurance» SK» AJ MHXS (IFRS) 17 "Sug‘urta shartnomalari" talablari asosida sug‘urta zaxiralari bo‘yicha texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:
MHXS (IFRS) 17 talablariga muvofiq sug‘urta zaxiralari bo‘yicha texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda hisob-kitob natijalarini tayyorlash.

Asosiy tanlov mezonlari:

  • MHXS (IFRS) 17 bo‘yicha texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish tajribasi;
  • aktuariy hisob-kitoblari va sug‘urta matematikasi bo‘yicha malaka;
  • malakali aktuariy va moliyaviy mutaxassislar mavjudligi;
  • sug‘urta zaxiralari hisob-kitoblarini tayyorlash tajribasi;
  • hisob-kitoblarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash imkoniyati.

Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz