Regress (subrogatsiya) huquqi asosida shakllangan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tanlab olish

««SQB Insurance» SK» AJ regress (subrogatsiya) huquqi asosida shakllangan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarni eng yaxshi taklifni tanlash jarayonida ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:
Sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lab berilgan sug‘urta tovonlari natijasida subrogatsiya (regress) huquqi asosida yuzaga kelgan qarzdorliklarni amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish xizmatlarini ko‘rsatish.

Asosiy mezonlari:

  • regress (subrogatsiya) qarzdorliklarini undirish bo‘yicha tajriba;
  • malakali yuridik va mutaxassis xodimlar mavjudligi;
  • qarzdorliklarni sudgacha, sud va ijro jarayonlarida undirish bo‘yicha tajriba;
  • xizmatlarning sifati va samaradorligi;
  • ishlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati.

Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz