2026-yil uchun korporativ poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash va yetkazib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

««SQB Insurance» SK» AJ 2026-yil uchun korporativ poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash va yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:
Buyurtmachining talablariga muvofiq blankalar, bukletlar, broshyuralar, vizitkalar, papkalar, konvertlar, kalendarlar, bloknotlar hamda boshqa korporativ bosma mahsulotlarni tayyorlash va yetkazib berish.

Asosiy tanlov mezonlari:

  • poligrafiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tajriba;
  • zamonaviy poligrafiya uskunalarining mavjudligi;
  • bosma mahsulotlarning yuqori sifati;
  • mahsulotlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va yetkazib berish;
  • raqobatbardosh narxlar.

Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz