Eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchini tanlash — IFRS (XMQS) 17 “Sug‘urta shartnomalari” standartiga muvofiq texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish

««SQB Insurance» SK» AJ xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) 17 “Sug‘urta shartnomalari” talablariga muvofiq texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlash jarayonida ixtisoslashgan tashkilotlarni ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:
IFRS 17 talablariga muvofiq texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish va natijalarni tayyorlash, sug‘urta majburiyatlarini hisobga olishda qo‘llaniladigan aktuariy metodologiyalar va modellarni qo‘llash.

Tanlovning asosiy mezonlari:

  • IFRS 17 doirasida hisob-kitoblarni bajarish tajribasi;
  • aktuariy usullar va sug‘urta matematikasi bo‘yicha bilim;
  • malakali mutaxassislar mavjudligi;
  • sug‘urta rezervlari va hisobotlarini tayyorlash tajribasi;
  • hisob-kitob ma’lumotlarining aniqligi va shaffofligini ta’minlash qobiliyati.

Takliflar qabul qilish tartibi:
Takliflar e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz