««SQB Insurance» SK» AJ 2025-yil faoliyati natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini Xalqaro va Milliy standartlarga muvofiq tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

««SQB Insurance» SK» AJ 2025-yil faoliyati natijalari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) hamda Milliy standartlarga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:
Jamiyatning 2025-yil moliyaviy hisobotlarini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) va Milliy standartlarga muvofiq tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazish.

Asosiy tanlov mezonlari:

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziyaning mavjudligi;
  • XMHS va Milliy standartlar bo‘yicha audit o‘tkazish tajribasi;
  • malakali mutaxassislar tarkibi;
  • xizmatlarning yuqori sifati;
  • ishlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati.

Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz