«SQB Insurance» SK» AJ yuridik va buxgalteriya xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

«SQB Insurance» SK» AJ tanlov hujjatlariga muvofiq yuridik va buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlashda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:

Jamiyat ehtiyojlari uchun tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yuridik va buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish.

Asosiy tanlov mezonlari:

  • Tanlov hujjatlarida belgilangan barcha talablarga to‘liq muvofiqlik;
  • Xizmatlar sifati va ijrochining kafolat majburiyatlari;
  • Xizmatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rsatish imkoniyati;
  • Eng maqbul narx taklifi.

Asosiy talablar:

«Xizmatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, tegishli sifat darajasida va belgilangan muddatlarda ko‘rsatilishi lozim.

Xizmatlar “SQB Insurance” SK» AJ tomonidan kredit tashkilotlariga (banklarga) sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lab berilgan va subrogatsiya (regress) huquqi asosida yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha xizmatlarni, shu jumladan sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan hamda ijro jarayonida undirilmagan, ya’ni 40.1.3 bilan qaytgan qarzdorliklarni undirish xizmatini o‘z ichiga olishi shart.»

Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:

Tel.: +998 (71) 202-55-05

E-mail: info@sqbinsurance.uz