««SQB Insurance» SK» AJ 2025 yil faoliyati natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini Xalqaro va Milliy standartlarga muvofiq tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon
««SQB Insurance» SK» AJ 2025 yil faoliyati natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) va Milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotlarini tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlov predmeti:
Jamiyatning 2025 yil moliyaviy hisobotlarini XMHS va Milliy standartlarga muvofiq tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazish.
Asosiy mezonlar:
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziyaga ega bo‘lish;
- XMHS va milliy standartlar bo‘yicha audit o‘tkazish tajribasi;
- malakali mutaxassislar mavjudligi;
- xizmatlar sifati;
- ishlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati.
Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz