Tadbirlar
8-iyl, 2026
SQB Insurance DWIC Connect Istanbul 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
Forum davomida global sug'urta bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, raqamli transformatsiya, risklarni boshqarish hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunday xalqaro tadbirlardagi ishtirok SQB Insurance'ga ilg'or tajribalarni o'rganish, professional aloqalarni mustahkamlash va mijozlarimiz uchun zamonaviy sug'urta yechimlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Batafsil
30-iyn, 2026
SQB Insurance jamoasi 2026-yil Baku shahrida bo'lib o'tgan XI Azerbaijan International Insurance Forumda ishtirok etdi
Forum jahon sug'urta sanoatining asosiy tendensiyalari, innovatsion yechimlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi. Biz professional hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg'or xalqaro tajribani o'rganish va sug'urta bozorini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng yaxshi amaliyotlarni joriy etishda davom etamiz.
Batafsil
19-noy, 2025
SQB Insurance vakillari Dubai World Insurance Congress 2025 xalqaro kongressida ishtirok etdi
Mazkur anjumanda “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi AJ vakillari ishtirok etib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari turlarini kengaytirish maqsadida bir qator yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Jumladan, Protection Re, Swan Insurance Management Agency, EXOS, MANOJ REINSURANCE BROKERS LTD., Khamsa Insurance and Reinsurance Brokers LLC, Pioneer Insurance and Reinsurance Brokers Pvt. Ltd., VSK, Kay International AMEA, Best Meridian Insurance Company, PrioGe Insurance & Reinsurance Brokers, Hanoi Reinsurance Joint Stock Corporation, Challenge Group Inc, LLA Re, Alif MGA, Prudent Insurance Brokers Pvt Ltd, Green Delta Insurance Company Limited, J B Boda Insurance and Reinsurance Brokers Private Limited, W-Safe Reinsurance Limited, AM Best, Howden Re, EMG Re Ltd, MNK Re Limited, Connect Insurance and Reinsurance / ConnectUW hamda COPE vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida qayta sug‘urtalash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sug‘urta mahsulotlari va xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish, tajriba almashish hamda sug‘urta bozorining istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Mazkur xalqaro forumda ishtirok etish SQB Insurance uchun yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va kompaniyaning xalqaro bozordagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Batafsil