SQB Insurance jamoasi sug'urta va qayta sug'urta sohasi vakillarini birlashtirgan DWIC Connect Istanbul 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi

Forum davomida global sug'urta bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, raqamli transformatsiya, risklarni boshqarish hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunday xalqaro tadbirlardagi ishtirok SQB Insurance'ga ilg'or tajribalarni o'rganish, professional aloqalarni mustahkamlash va mijozlarimiz uchun zamonaviy sug'urta yechimlarini rivojlantirish imkonini beradi.