Tashqi auditorlik tashkilotini tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon
««SQB Insurance» SK» AJ Jamiyatning Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini tashqi auditdan o‘tkazish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotlarini taklif etadi.
Tanlov predmeti:
««SQB Insurance» SK» AJ moliyaviy hisobotlarini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazish.
Asosiy mezonlar:
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziyaning mavjudligi;
- XMHS bo‘yicha moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazish tajribasi;
- malakali mutaxassislar tarkibi;
- xizmatlar sifati;
- ishlarni bajarishning maqbul muddatlari.
Takliflar mazkur e'lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kuni davomida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz