“TARLEPLAST” MChJga tegishli ishlab chiqarish majmuasining texnik holatini aniqlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon
««SQB Insurance» SK» AJ “TARLEPLAST” MChJga tegishli ishlab chiqarish majmuasining texnik holatini aniqlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlov predmeti:
Ishlab chiqarish majmuasining texnik holatini aniqlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.
Asosiy mezonlar:
- loyihalash va texnik tekshiruv ishlarini bajarish bo‘yicha tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lish;
- shunga o‘xshash loyihalarda tajriba;
- malakali muhandis-texnik mutaxassislar mavjudligi;
- ishlarni belgilangan muddatlarda bajarish;
- xizmatlar sifatini ta’minlash.
Takliflar qabul qilish tartibi:
Takliflar e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz