Sug‘urta polisining amal qilish muddati sug‘urta shartnomasida belgilangan davr mobaynida amal qiladi hamda sug‘urta turiga qarab farqlanadi. Jumladan, sug‘urta polisi majburiy yoki ixtiyoriy sug‘urta shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Sug‘urta polisining amal qilish muddati sug‘urta turi va shartnoma shartlariga muvofiq belgilanadi.
Jumladan:
Majburiy sug‘urta (masalan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash) – odatda 1 yil muddatga rasmiylashtiriladi.
Ixtiyoriy sug‘urta (KASKO, mol-mulk, baxtsiz hodisalardan, tibbiy yoki sayohat sug‘urtasi va boshqalar) – sug‘urtalanuvchining ehtiyojlari hamda shartnoma shartlariga qarab bir necha kun, bir necha oy yoki 1 yil va undan ortiq muddatga tuzilishi mumkin.
Har bir sug‘urta polisining amal qilish muddati sug‘urta shartnomasida aniq ko‘rsatiladi va mazkur muddat davomida sug‘urta himoyasi ta’minlanadi.