IFRS 17 “Sug‘urta shartnomalari” standartini hisob tizimiga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchini tanlash bo‘yicha tanlov
««SQB Insurance» SK» AJ xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) 17 “Sug‘urta shartnomalari” standartini jamiyat hisob tizimiga joriy etish bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlov predmeti:
Ishlab chiqilgan aktuariy modellar va metodologiyani hisob tizimiga joriy etish hamda ularni sinovdan o‘tkazish orqali IFRS 17 ga muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlash.
Ijrochiga qo‘yiladigan talablar:
- aktuariy hisob-kitoblar va IFRS 17 joriy etish bo‘yicha tajriba;
- sug‘urta matematikasi va hisob standartlarini bilish;
- malakali aktuariy mutaxassislar mavjudligi;
- rezervlar va hisobotlar bilan ishlash tajribasi;
- buyurtmachi xodimlarini o‘qitishni ta’minlash imkoniyati.
Ishlarni bajarish muddati:
Bajarish muddatlari tanlov g‘olibi bilan tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Takliflarni taqdim etish tartibi:
Takliflar e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.
Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz