Buyurtmachining logotipi tushirilgan (individual dizayn asosida tayyorlanadigan) mahsulotlarni yetkazib beruvchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon
««SQB Insurance» SK» AJ Buyurtmachining logotipi tushirilgan, individual dizayn asosida tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlov predmeti:
Buyurtmachining logotipi tushirilgan, individual dizayn asosida tayyorlanadigan suvenir, reklama va korporativ mahsulotlarni, jumladan tekstil mahsulotlari, kanselyariya buyumlari, sovg‘a to‘plamlari, aksessuarlar hamda boshqa brendlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish.
Asosiy tanlov mezonlari:
- individual dizayn asosida brendlangan mahsulotlar tayyorlash tajribasi;
- zamonaviy uskunalar va ishlab chiqarish imkoniyatlarining mavjudligi;
- mahsulotlarning yuqori sifati;
- ishlab chiqarish va yetkazib berish muddatlariga rioya etish;
- raqobatbardosh narxlar.
Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.
Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz